Kitoblar xayriya aksiyasi — 1000 kitoblik orzu sari!
Assalomu alaykum, aziz kitobsevarlar!
Biz Oʻzbekistonda kam uchraydigan, bepul foydalanish mumkin bo‘lgan xalq kutubxonasi uchun xayriya aksiyasini boshladik.
Kutubxona: Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Sahoba qishlog‘i, Sahoba MFY binosi
Foydalanish: Bepul
Hozirda kutubxonamizda 400 dan ortiq kitob bor. Maqsadimiz — bu raqamni 1000 kitobga yetkazish. Buning uchun bizga yana 600 ta kitob kerak.
Aksiya shartlari:
Har bir kitobning o‘rtacha narxi — 50 000 so‘m.
600 ta kitob uchun umumiy summa — 30 000 000 so‘m.
Pul yuborish yoki bevosita kitob sovg‘a qilish mumkin.
Agar kitob xayriya qilsangiz, bu ishimiz yanada tez va oson amalga oshadi. Har bir kitob — bilimga eltuvchi eshik, kelajak avlodga ochilgan nurli yo‘ldir.
Keling, birgalikda Sahoba kutubxonasini boyitaylik va kitoblar sonini mingtagacha yetkazaylik!